Innovatsiya, texnologiya va biznesni birlashtirgan Yashnobod innovatsiya texnoparkida yangi hamkorlik
13.05.2026

Muloqot davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, texnoparklar faoliyati, innovatsion ekotizimni rivojlantirish, shuningdek texnoparklar tomonidan erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiyaga Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyati, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda mamlakatda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlarni Koreya bozoriga olib chiqish, Koreya kompaniyalarini “Yashnobod” innovatsion texnoparki faoliyatiga jalb etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Gyeongnam texnoparki hamda “Yashnobod” innovatsion texnoparki o‘rtasida innovatsiyalar, texnologiyalar almashinuvi hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: Gyeongnam texnoparki 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 240 nafardan ortiq xodimga ega. Texnopark tomonidan 1 100 dan ortiq innovatsion va davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda 160 dan ortiq ilmiy-tadqiqot (R&D) loyihalari amalga oshirilmoqda. Tashkilot sun’iy intellekt, robototexnika, aerokosmik sanoat, smart manufacturing va yashil texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi hamda Koreyaning eng faol texnopark tizimlaridan biri hisoblanadi.