“Yashnobod innovatsiya texnoparki” O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 5-iyundagi Pf-5068-son “toshkent shahrining yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni Hamda o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2017-yil
5-iyuldagi 468-son “toshkent shahrining yashnobod tumanida innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori Asosida tashkil etilgan.
“Yashnobod innovatsiya texnoparki” — innovatsion g‘oyalar, zamonaviy texnologiyalar va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy loyihalarga aylantirish hamda ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion infratuzilma majmuasidir.
Texnopark o‘z faoliyati doirasida innovatsion mahsulot va texnologiyalar yaratish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, yangi loyihalarni rivojlantirish hamda tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda Yashnobod innovatsiya texnoparki Toshkent shahri, navoiy viloyati Karmana tumani Va namangan viloyati Chust tumanida Faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Texnoparkning asosiy yo‘nalishlari
- Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashish;
- Yangi mahsulot va texnologiyalar yaratishni rag‘batlantirish;
- Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish;
- Startaplar va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- Mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- Tadbirkorlar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Texnopark rezidentligi
Yashnobod innovatsiya texnoparki rezidenti bo‘lish — biznesni innovatsion rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va faoliyatni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Rezidentlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha, shuningdek bojxona boji va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar Taqdim etiladi.
Biz taklif qiladigan mahsulotlar
Glotr platformasida xaridorlarga turli yo‘nalishlardagi mahsulotlarni taklif qilamiz:
- Maishiy texnika
- Avtomobil uchun mahsulotlar
- Himoya va xavfsizlik vositalari
- Asbob-uskunalar
- Sog‘liqni saqlash mahsulotlari
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va jihozlari
- Qurilish materiallari
- Hisoblagichlar va o‘lchov vositalari
- Poligrafiya mahsulotlari
- Elektr jihozlari
Yetkazib berish
Mahsulotlarni o‘zbekiston respublikasi hududida quyidagi usullarda yetkazib beramiz:
- Kuryer xizmati
- Pochta orqali yetkazib berish
- O‘zi olib ketish
To‘lov usullari
Xaridorlar uchun quyidagi to‘lov usullari mavjud:
- Naqd pul
- Bank orqali pul o‘tkazmasi
- Uzcard terminal
- Humo terminal
- Onlayn to‘lov
Bizning maqsadimiz — xaridorlarga sifatli mahsulotlar, qulay xizmat va ishonchli yetkazib berishni taqdim etish.