Yashnobod innovatsiya texnoparki tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarni monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash METODOLOGIYASI
13.03.2026
Yashnobod innovatsiya texnoparki tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarni monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash
Metodologiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodalogiya tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-5068-son Farmoni bilan belgilangan imtiyozlarni taqdim etilishini tizimli monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Metodalogiya quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
imtiyoz — davlat tomonidan muayyan sabablarga koʻra tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ularga beriladigan afzallik;
ijtimoiy samaradorlik — ijtimoiy infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, uning ijtimoiy himoyasi va bandligini taʼminlash uchun qulay sharoitlar yaratilishini tasdiqlovchi imtiyozlar samaradorligi koʻrsatkichlari;
iqtisodiy samaradorlik — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga (ishlab chiqarish hajmining oʻsishi va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishi, tannarx pasayishi, mahsulot (ish, xizmat) turlari kengayishi, daromadning oshishi va boshqalar) taʼsirini baholash;
maxsus vakolatli organlar — yengib boʻlmaydigan kuchlarning (fors-major holatlarining) bartaraf etilishi va tegishli xulosa taqdim etish uchun qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan davlat organlari;
monitoring qilish — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanishni kuzatish hamda tahlil qilish jarayoni;
samaradorlik koʻrsatkichi — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlar natijasida erishiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlar;
samaradorlikni baholash — iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik subyektlarini ularga taqdim etiladigan imtiyozlar natijalarini taqqoslash tartib-taomillari;
samaradorlikni dastlabki baholash — tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlarni taqdim etadigan tashkilot tomonidan erishilgan natijalarni oʻz vakolati doirasida tadbirkorlik subyektlari kesimida baholash;
samaradorlikni yakuniy baholash — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlarni vakolatli organ tomonidan samaradorlikni dastlabki baholash natijalari asosida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-dekabrdagi 784-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida baholash;
qoʻllab-quvvatlash choralari — tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlar;
qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligi — qoʻllab-quvvatlash choralaridan koʻzlangan maqsadga erishishning miqdoriy bahosi;
qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot — Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Yashnobod innovatsiya texnoparki
3. Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash ushbu metodologiyaning 1-2-3-4-ilovalarida keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
4. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkorlik subyekti erishishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar belgilanadi.
5. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot ushbu qoʻllab-quvvatlash choralarining har bir turi boʻyicha tizimli monitoring qiladi hamda samaradorlikni dastlabki baholash ishlarini amalga oshiradi.
2-bob. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilotning asosiy vazifa va majburiyatlari
6. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot quyidagilar uchun masʼul va javobgar hisoblanadi:
qoʻllab-quvvatlash choralarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq maqsadli taqdim etilishi;
qoʻllab-quvvatlash choralari monitoringini yuritish va samaradorligini dastlabki baholash;
7. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilotning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
qoʻllab-quvvatlash choralarining tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talab va shartlarga mos keluvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilishini tashkil etish;
taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan tadbirkorlik subyektlari maqsadli foydalanishini monitoring qilish;
taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan tadbirkorlik subyektlari samarali foydalanishini tahlil qilish va samaradorlikni dastlabki baholash;
qoʻllab-quvvatlash choralaridan samarasiz hamda maqsadsiz foydalangan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish;
iqtisodiyotga ijobiy taʼsiri kuzatilmayotgan hamda samaradorligi past va samarasiz qoʻllab-quvvatlash choralarining taqdim etilishini toʻxtatish yoki bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash;
har yili 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralari va ularning samaradorligini dastlabki baholash natijalari asosida hisobot tayyorlash hamda vakolatli organga taqdim etish.
3-bob. Qoʻllab-quvvatlash choralarini oluvchi tadbirkorlik subyektining majburiyatlari
8. Qoʻllab-quvvatlash choralarini oluvchi tadbirkorlik subyektining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
qoʻllab-quvvatlash choralaridan maqsadli va samarali foydalanishi;
taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalanish jarayonida qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga toʻliq amal qilishi shart.
4-bob. Monitoring qilish tartibi
9. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot tadbirkorlik subyektlariga taqdim etgan qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini dastlabki baholash ishlarini ularga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda belgilangan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan erishilishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini monitoring qilish orqali amalga oshiradi.
10. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi, ulardan tadbirkorlik subyektlari tegishli qonunchilik hujjatlari hamda shartnomasiga (bitimiga) muvofiq maqsadli va samarali foydalanishini oʻzining elektron tizimlari orqali monitoring qiladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan maqsadli va samarali foydalanish idoralararo axborot almashinuvi orqali monitoring qilinadi.
Zaruratga koʻra, taqdim etilgan qoʻllab-quvvatlash choralaridan maqsadli foydalanish holati joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin. Bunda joyiga chiqqan holda oʻrganish uchun tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartibi doirasida oʻn kundan oshmagan muddatda oʻtkazishga tashabbus bildiriladi va oʻrganish ishlari amalga oshiriladi.
5-bob. Samaradorlikni baholash mezonlari
11. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini baholashda quyidagi mezonlardan foydalanadi:
a) iqtisodiy samaradorlik:
umumiy mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmining oshishi;
yangi turdagi mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmining oshishi;
mahsulotni (ishni, xizmatni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaning oʻsish surʼati;
mahsulot (ish, xizmat) turining kengayishi;
yangi kashfiyot, patent va sanoat namunalarini miqdoriy koʻrsatkichlarda joriy etish;
yangi texnologiyalar, uskunalar va ishlab chiqarish quvvatlarini (ishlab chiqarish korxonalari uchun) miqdoriy koʻrsatkichlarda joriy etish;
tadbirkorlik subyektlarining daromadining (foydasining) oshishi;
mahsulot (ish, xizmat) tannarxining pasayishi;
eksport hajmining oshishi;
shartnomaga (bitimga) asosan yordam berilishida maqsad qilingan boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarning oshishi;
b) moliyaviy samaradorlik:
tadbirkorlik subyektining moliyaviy barqarorligi;
sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatining oshishi;
investitsiyalar hajmining oshishi;
v) ijtimoiy samaradorlik:
yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni;
ish haqini oshirish, qoʻshimcha mablagʻlarning yoʻnaltirilishi;
ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarni ish bilan taʼminlash;
mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash;
shartnomaga asosan yordam berilishida maqsad qilingan boshqa ijtimoiy koʻrsatkichlar.
6-bob. Samaradorlikni baholash tartibi
12. Samaradorlik qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilgunga qadar oʻtgan uch yillik davrni qoʻllab-quvvatlash choralarining amal qilish muddatiga (agar qoʻllab-quvvatlash chorasi joriy etilganiga uch yil boʻlmagan boʻlsa, oʻtgan yilga nisbatan) taqqoslash orqali baholanadi.
13. Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy, soliq hisobotlari;
sohaviy idoralar yoki statistika idoralari maʼlumotlari;
qoʻllab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar.
14. Samaradorlik har bir tadbirkorlik subyekti uchun iqtisodiy, moliyaviy (budjet) va ijtimoiy mezonlar boʻyicha alohida baholanadi.
15. Bitta tadbirkorlik subyekti uchun qoʻllab-quvvatlash choralarining iqtisodiy samaradorligi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida haqiqatan erishilgan iqtisodiy koʻrsatkichning qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishida reja qilingan iqtisodiy koʻrsatkichga (maqsadli koʻrsatkich) nisbatini hisoblash orqali baholanadi:
Siqt = , bu yerda:
Kreja1, Kreja2, Kreja3, … Krejan — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishida reja qilingan iqtisodiy koʻrsatkich;
Kfakt1, Kfakt2, Kfakt3, … Kfaktn — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida haqiqatan erishilgan iqtisodiy koʻrsatkich;
N — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida erishilishi rejalashtirilgan iqtisodiy koʻrsatkichlar soni.
Siqt ≥ 1 holatlarda Siqt = 1 sifatida qabul qilinadi.
Agar:
Siqt = 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari yuqori iqtisodiy samarali;
0,7 ≤ Siqt < 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari iqtisodiy samarali;
0,5 ≤ Siqt < 0,7 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari oʻrtacha iqtisodiy samarali;
Siqt < 0,5 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari iqtisodiy samarasiz.
16. Bitta tadbirkorlik subyekti uchun qoʻllab-quvvatlash choralarining ijtimoiy samaradorligi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida haqiqatan erishilgan ijtimoiy koʻrsatkichning qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishida reja qilingan ijtimoiy koʻrsatkichiga nisbatini hisoblash orqali baholanadi:
Sijt = , bu yerda:
Kreja1, Kreja2, Kreja3, … Krejan — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishida reja qilingan ijtimoiy koʻrsatkich;
Kfakt1, Kfakt2, Kfakt3, … Kfaktn — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida haqiqatan erishilgan ijtimoiy koʻrsatkich;
N — qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi natijasida erishilishi rejalashtirilgan ijtimoiy koʻrsatkichlar soni.
Sijt ≥1 holatlarda Sijt = 1 sifatida qabul qilinadi.
Agar:
Sijt = 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari yuqori ijtimoiy samarali;
0,7 ≤ Sijt < 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari ijtimoiy samarali;
0,5 ≤ Sijt < 0,7 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari oʻrtacha ijtimoiy samarali;
Sijt < 0,5 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari ijtimoiy samarasiz.
18. Bitta tadbirkorlik subyekti uchun qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash tahlil qilingan davr uchun iqtisodiy, budjet (moliyaviy) va ijtimoiy mezonlari boʻyicha ballar yigʻindisining oʻrtacha koʻrsatkichi sifatida hisoblanadi:
Ks = (Siqt+Sb+Sijt)/3, bu yerda:
Ks — samaradorlik koʻrsatkichi;
Siqt — iqtisodiy samaradorlik;
Sb — moliyaviy (budjet) samaradorlik;
Sijt — ijtimoiy samaradorlik.
Qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligi maksimal 1 balli shkalada baholanadi:
Ks = 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari yuqori samarali;
0,7 ≤ Ks < 1 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari samarali;
0,5 ≤ Ks < 0,7 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari oʻrta samarali;
Ks < 0,5 boʻlsa, qoʻllab-quvvatlash choralari samarasiz.
17. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etuvchi tashkilot oʻzi masʼul boʻlgan imtiyozlardan tadbirkorlik subyektlari kesimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilganini, samarali foydalanilganini tahlil qiladi hamda samaradorligini dastlabki baholaydi;
Bunda qoʻllab-quvvatlash choralari samarasiz deb topilganda, ularni bekor qilish yuzasidan taklif tayyorlaydi.
Qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini dastlabki baholash natijalari boʻyicha hisobotni har yili 1-iyulga qadar vakolatli organga taqdim etadi.
Vakolatli organ har yili 1-avgustga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etuvchi tashkilot tomonidan dastlabki baholash natijalariga muvofiq taqdim etilgan hisobotlar asosida qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash yakunlari boʻyicha axborotni Hisob palatasi bilan kelishgan holda Respublika komissiyasiga kiritadi.
Bunda natijalar asosida samarasiz deb topilgan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha ularni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish yuzasidan taklif tayyorlanadi.
18. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot samaradorlikni dastlabki baholash maqsadida zarur hollarda vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning mutaxassislari, shuningdek, ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Qoʻllab-quvvatlash choralarini oluvchi tadbirkorlik subyektlari qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilotga oʻz vaqtida maʼlumotlarni taqdim etmasligi yoki ishonchsiz va yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
24. Qoʻllab-quvvatlash choralarini oluvchi tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanishi ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilotga maʼlumot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
25. Qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etadigan tashkilot oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan maʼlum boʻlgan tijorat siri yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
26. Metodologiyani qo‘llash jarayonida aniqlangan tizimli muammolar va baholash natijalari asosida uni takomillashtirish hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur Metodologiya tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va texnopark rezidentlariga nisbatan majburiy qo‘llaniladi.
1-Ilova
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentlari boʻyicha
QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARINI MONITORING QILISH JADVALI
|
№ |
Rezident nomi |
Loyiha nomi |
Qoʻllab-quvvatlash turi |
|
Loyiha muddati |
Monitoring davriyligi |
Masʼul organ |
|
1 |
Imtiyoz |
|
choraklik |
||||
|
2 |
|
2-Ilova
REZIDENTLAR FAOLIYATINI JORIY MONITORING QILISH
HISOBOT JADVALI
|
№ |
KPI koʻrsatkichi |
Oʻlchov birligi |
Reja (maqsadli) |
Amalda |
Farq (+/–) |
Izoh |
|
1 |
Ishlab chiqarish hajmi |
mln soʻm |
||||
|
2 |
Innovatsiya mahsuloti soni |
dona |
||||
|
3 |
Investitsiya hajmi |
mln soʻm |
||||
|
4 |
Yangi ish oʻrinlari |
nafar |
||||
|
5 |
Eksport hajmi |
ming AQSH dollari |