“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentligiga qabul qilish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
11.11.2025
Yig‘ilishga ko‘ra, innovatsion loyihalar asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar loyihalari bo'yicha taqdimot qilishdi:
“Elektrodvigatel, generator va nasoslar barcha sanoat sohalarida keng qoʻllanadigan mahsulotlar boʻlib, mazkur sohada energotejamkor va yuqori mahsuldor tovar ishlab chiqarish” loyihasi; ““Baikal Terra” mikrobiologik preparatini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni tashkil etish”loyihasi; “Innovative (zamonaviy) koʻrinishdagi transformator UZOIL ishlab chiqarish” loyihasi; “Yangi zamonaviy AD*STAR turkumidagi polipropilen qoplar ishlab chiqarish” loyihasi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentiga aylangan holda soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘lishadi. Ma’lumot uchun telefon: +998 94 622-14-51, (71) 269-49-52. Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Majnuntol 5.