Rezidentlar va olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
26.12.2025
Yashnobod innovatsiya texnoparki direktori Sh. Abdulxamidov va Toshkent davlat transport universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida ilmiy salohiyat va tadbirkorlik tashabbuslarini uyg‘unlashtirish, olimlar hamda texnopark rezidentlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularni o‘zaro bog‘lovchi mexanizmlarni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, universitet olimlari tomonidan yaratilayotgan ilmiy natijalarni texnopark rezidentlariga taqdim etish orqali yangi innovatsion loyihalarni birgalikda rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida hamkorlikni tizimli va izchil yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.