«Yashnobod innovatsiya texnoparki» sizga o'z xurmat va ehtiromimizni bildirgan holda o'z mahsulotlarimizni taklif qilamiz. Biz quyidagi yo'nalishdagi mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanamiz: maishiy texnika, avtomobil uchun mahsulotlar, himoya va xavfsizlik, asboblar, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi mollari, qurilish mollari, hisoblagichlar, poligrafiya, elektr jihozlari. Biz quyidagi manzilda joylashganmiz: Yashnobod tumani, Toshkent shahri, O‘zbekiston. Sizga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yetkazib berish usullarini taklif qilamiz: Kuryer xizmati, Pochta orqali yetkazib berish, O'zi olib ketish. Mahsulotlarimizni quyidagi hududlar bo'yicha yetkazib berishni amalga oshiramiz: O‘zbekiston. Biz quyidagi to'lov turlarini qabul qilamiz: naqd, pul o'tkazish, uzcard terminal, humo terminal, onlayn to'lov.
Toshkent shahri va Namangan viloyati Chust tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga!
Yashnobod innovatsiya texnoparki sizga rezidentlikni taklif etadi!
Bu sizning biznesingizni innovatsion rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Texnopark rezidenti sifatida quyidagi imtiyoz va yengilliklarga ega bo‘lasiz:
Soliq imtiyozlari – Yer va mol-mulk solig‘idan ozod etish.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar – Bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi PF-5068-son “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 468-son qaroriga asosan tashkil topgan. Texnopark, bu — hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi. Texnopark — mulk kompleksi boʻlib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznez markazlari, koʻrgazma maydonlari, taʼlim muassasalari, va shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari: transport vositalari, oʻtish yoʻllari, aholi yashaydigan qishloqlar va qoʻriqlash xizmatini oʻz ichiga oladi. Xalqaro texnologik parklar assotsiatsiyasi innovatsion infratuzilma obyektini quyidagicha taʼriflaydi: texnopark, bu – tashkilot mutaxassislari tomonidan boshqariladi, uning asosiy maqsadi –innovatsion madaniyatni rivojlantirish orqali mahalliy aholi yashash farovonligini yaxshilash vainnovatsion biznes va ilmiy tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Texnoparklar asosan innovatsion gʻoyalar shakllanadigan joy. Biroq, texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari – yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platformadir, balki, noyob meʼmoriy loyihalar amalga oshiriladigan joy hamdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 5068-sonli Farmoni bilan “Yashnobod” innovatsion texnoparki tashkil etilgan. Hozirgi kunda “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari jami 53 ta innovatsion loyihalari bilan quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda. Jumladan; kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, qishloq hoʻjaligi, qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlarda samarali ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.