🚀 "YASHNOBOD" INNOVATSIYA TEXNOPARKIDA YANGI REZIDENTLAR SONI ORTMOQDA!
25.08.2026
Navbatdagi tanlov komissiyasi yig‘ilishiga ko‘ra, o‘zining innovatsion loyihalari bilan mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan 3 ta yangi korxona texnopark rezidentligi maqomiga ega bo‘ldi: 1️⃣ “IHLOS FURNITURE” MChJ 🪑 Loyiha: Mebel ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish va modernizatsiyalash. ✨ Loyiha doirasida ERP va CAD/CAM tizimlari joriy etilib, yuqori sifatli va eksportbop mebel mahsulotlari ishlab chiqariladi. ⏳ Muddat: 1 yil. 2️⃣ “RUSSKIY LES” MChJ 🏠 Loyiha: Smart Home va IoT texnologiyalari integratsiyasiga ega innovatsion aqlli derazalar (Smart Windows) ishlab chiqish. ✨ Bu derazalar xonadagi mikroiqlimni (harorat, namlik, CO2) sensorlar orqali nazorat qiladi va mobil ilova orqali boshqariladi. ⏳ Muddat: 3 yil. 3️⃣ “STANDART SERVIS NUROBOD” XK 🏗 Loyiha: Sanoat korxonalari uchun keng qo‘llaniladigan bentonit kukunini innovatsion usulda ishlab chiqarish. ✨ Mahalliy mineral xomashyodan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi mahsulot tayyorlanadi va quymakorlik sohasida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. ⏳ Muddat: 3 yil. ✅ Yangi rezidentlarga o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun texnopark tomonidan qator imtiyoz va qulayliklar taqdim etiladi. 🌟 Innovatsiyalar – kelajak poydevori! 📍 Yashnobod innovatsiya texnoparki - innovatsiyalar manzili! ☎️ Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51. Bizni kuzating!