“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentligiga qabul qilish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
20.04.2026
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentligiga qabul qilish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda innovatsion loyihalar asosida faoliyat yurituvchi quyidagi korxonalar o‘z taqdimotini o‘tkazdilar: 🔵 “TECHNOPLASTIC” MChJ —Texnologik barqaror polimer kompaundlar va masterbatchlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va joriy etish loyihasi; 🔵 “Sunger foam” MChJ — Innovatsion poliuretan (PU) ko‘pik materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi loyihasi; Mazkur loyihalar doirasida import o‘rnini bosuvchi polimer kompaundlar, masterbatchlar hamda poliuretan (PU) ko‘pik materiallarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish, zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali sanoatning ekologik barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish belgilangan. 🗣Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentiga aylangan holda soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘lishadi. ☎️ Telefon: (71) 269-49-52, (94) 622-14-51. 📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy.